Litsey haqida

BDTI akademik litseyi Buxoro shaxar xokimining 2009 yil 25 noyabrdagi 260-sonli karori asosida tashkil topib, Аkademik litsey maqomini olgan. Аkademik litseyning Ustavi mavjud. Аkademik litseyining pasportida 11 band bulib ularda Аkademik litseyning barcha faoliyatiga doir maʼlumotlar keltirilgan. Quvvati 375 oʼrinli.

2017-2018 oʼquv yili mobaynida Аkademik litseyda kuyidagi 4 ta asosiy yoʼnalishlar boʼyicha oʼrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tayyorlandi:

  1. Tabiiy fanlar
  2. Аniq fanlar
  3. Аniq fanlar (texnika yo’nalishi)
  4. Xorijiy tillar

Hozir akademik litseyimizda 73 nafar asosiy va soatbay oʼqituvchilar mavjud, shulardan 5 nafari Buxoro davlat tibbiyot instituti professor oʼqituvchilari, 1 nafar fan nomzodi, 20 nafar bosh oʼqituvchi, 16 nafar yetakchi oʼqituvchi, 12 katta oʼqituvchi, 5 oliy maʼlumotli oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatmokda.

2017-2018 oʼquv yilida akademik litsey oʼquvchilari Xalqaro, Respublika va viloyat miqyosida oʼtkazilgan fan olimpiadalarida faol qatnashib kelmoqdalar.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan oʼtkazilgan “YoSh KITOBXON” koʼrik tanlovining (14-19 yosh toifasi) Respublika bosqichida “Ijtimoiy gumanitar” fanlar yoʼnalishining 3-bosqich oʼquvchisi Murodullaev Nodir faxrli 3-oʼrinni egallab 200 dona nodir kitoblarga ega boʼldi.

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor etilmaydi.