«O’zbekiston-bag’rikeng diyor».
YUNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni o’rnatish, millatlar va ellatlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1995-yil 16-noyabrda Parijda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida e’lon qilingan “Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dir. Hozirda ushbu kun butun dunyoda, xususan mamlakatimizda “Xalqaro bag’rikenglik kuni” sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabati bilan joriy yilning 16-noyabr kuni BDTI akademik litseyida “Barchamiz – qadrdon insonlarmiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Ko`p millatli 110-guruh o`quvchilari mehmonlarga turli millat vakillarining miliiy shirinliklari, ichimliklaridan dasturxon yozishdi. Qolaversa, turli din va millat vakillarining milliy liboslarini kiyib, turli raqs hamda qo`shiqlarni namoyish etishdi. Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik beg’ubor osmon, munavvar kunlarimizning qard qimmati, ahamiyati har qachongidan ham ortib ketdi. Bunday tinch osuda hayotning qadriga yetaylik.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked