“Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar va unga qarshi immunitet” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Prezidentimizning 2022-yil 3-fevraldagi “Internet tarmog’ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 117-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kiber jinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar, aholi gavjum joylarda targ’ibot tadbirlari olib borilyapti.
Joriy yilning 25-noyabr kuni BDTI akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida Buxoro viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo’limi xodimlari X.Z.Umarov, B.Amonov, G’.Xamdamov, U Xasanovlar hamda Buxoro shahar IIO FMB 2-son XPB profilaktika inspektori, kapitan I.K.Xalimovlar ishtirokida “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar va unga qarshi immunitet” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked