“Milliy qadriyatlar kuni” BDTI akademik litseyida “Milliy liboslar” ko’rik tanlovi ham o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risidagi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat Dasturining 221-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-oktabr 466-sonli buyrug’i hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023-yil 23-oktabr 1-A/480-sonli buyrug’iga binoan 31-oktabr kuni “Milliy qadryatlar kuni”ni tashkil etish yuzasidan BDTI akademik litseyida chora- tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga binoan joriy yining 31-oktabr kuni litseyda “Milliy qadriyatlar kuni” o’tkazildi.
Unda buvijonlarimizdan bizgacha saqlanib kelingan va ayni paytda to’y marosimlarda kiyiladigan “Milliy liboslar” ko’rik tanlovi ham o’tkazildi. Litseyda o’tkazilgan “Milliy qadriyatlar kuni” yuqori ruhda va ko’tarinki kayfiyatda tashkillashtirildi. Bunday tadbirlar yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy a’nana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked