👏Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi xalqaro fan olimpiadasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Bugun, 6-may kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashishdi.
❗️ Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra yurtimiz o‘quvchilari jami 7 ta — 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi (https://t.me/uzedu/21307).
Yurtimiz iftixorlari bilan tanishing:
🥇Nazarov Azizbek — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, oltin medal;
🥇Mahmudov Abdulloh — Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi, oltin medal;
🥈Dilmurodov Sohibjon — Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi, kumush medal;
🥈Rahimov Daler — Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, kumush medal;
🥈Karimov Azizbek — Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o‘quvchisi, kumush medal;
🥉Hafizov Azizbek — Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Hakimova Shahzoda — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, bronza medal.
💐Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi mazkur muvaffaqiyat bilan o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etadi!
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked