Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyida qizlar uchun “Qizlarning sharm-hayosi va odob-axloqi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
shbu tadbirda litsey YOIBDO’ M.D.Kazakova, o’quv bo’lim boshlig’I M.T.Ibragimova hamda Xotin-qizlar kengashi raisi M.S.Olimovalar ishtirok etib barcha 1-bosqich o’quvchi qizlar bilan odob-axloq haqida suhbatlashdilar. Qiz bolaning tarbiyasi, odob-axloqi haqida gap ketsa, eng ko‘p tilga olinadigan so‘z ibo va hayo bo‘lsa kerak. U tarbiya ko‘rgan farzandning oddiy harakatidan tortib, yurish-turishi, kiyinishi, gap-so‘zi, jamoat joyi yoki oilada o‘zini tutishi, xullas, odob-axloqida namoyon bo‘ladi.
Qadriyatlarimizda qiz tarbiyasida sergak turiladi. Yoshligidan odobga o‘rgatiladi. Otasidan biroz tortinuvchi, ko‘zlarga tik boqmaydigan, odob-u axloqda benazir qizlar millat ko‘rkidir, aslida. Buvilarimiz, onalarimiz hamma zamonlarda hayoni quyosh yanglig‘ boshlariga ko‘tarib kelgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, faqat yuzi emas, yuragining pardasi ham hayodan bo‘lgan. Hozir ham bunday mo‘tabar va ulug‘ ayollar, onalar va buvilar ko‘plab topiladi. Bugungi yosh qizlarimiz ham mana shunday buvilardan o’rnak olishlari kerak. Litsey qizlari odob-axloqi, sharm-hayosi bilan, ilmi va salohiyati bilan hammaga hamisha namuna bo’lishlari lozim.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked