Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyida sportning stol tennis turi bo‘yicha «Direktor kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Shundan ikkinchi tashabbus; yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan edi.

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “Hech narsa mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanita olmaydi”. Dunyoda mashhur davlatlar AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Braziliya kabi mamlakatlar aynan sportning stol tennis turidan ustunligi bilan barchamizga tanish. Bilamizki, hozirgi kunda bizning mamlakatimizda ham sportning juda ko’p turlari rivojlanib, jahon arenalarida sportchilarimiz yuqori o’rinlarni egallab, yurtimiz dovrug’ini butun dunyoga tanitmoqda. Shu tufayli, yurtimizda sportning rivoji va uning porloq kelajagi uchun keng ko’lamdagi ishlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Nafaqat, yurtimizda balki, bizning Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyimizda ham joriy yilning 4-aprel kuni sportga bo’lgan qiziqishni oshirish, bo’sh vaqtni unumli tashkil etish maqsadida: o’qituvchilar o’rtasida sportning “Stol tennis” turi bo’yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o’tkazildi.Musobaqalar juda qiziqarli va murosaga boy tarzda o’tkazildi va g’olib aniqlandi.

Musobaqada faol ishtirok etgan va yuqori o’rinlarni egallagan o’quvchilar, Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori R. Ismatova tomonidan I-II-III o’rinlarga bir martalik pul mukofoti, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanib, ularga kelgusi ishlarida omad va zafarlar, samimiy tilaklar bildirildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked