Erta nikoh va erta tug’ruq, yaqin qarindoshlar o’rtasida nikohlarning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o’tkazdi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (10/1-154 02.02.2023y) Voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalgan homiladorlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi dasturining 4-bandida Umumta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari hamda akademik litseylar, professional ta’lim, oliy ta’lim muassasalari o’quvchi- talabalari o’rtasida erta nikoh va erta tug’ruq, yaqin qarindoshlar o’rtasida nikohlarning salbiy oqibatlari to’g’risida targ’ibot tadbirlari, fakultativ mashg’ulotlarni tashkil etish vazifalari belgilangan shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-fevraldagi 4/18–2/13-4-sonli xatiga binoan joriy yilning 21-fevral kuni Buxoro shahar 2-sonli Oilaviy poliklinikaning ayollar maslahatgohi bo’lim boshlig’i, akusher ginekolog D.A.Dilmurodova BDTI akademik litseyida o’quvchi qizlar o’rtasida “Erta nikoh va erta tug’ruq, yaqin qarindoshlar o’rtasida nikohlarning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o’tkazdi. Suhbat davomida erta nikohning salbiy oqibatlari qizlarga batafsil tushuntirib o’tildi.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked