«Diydor shirin» madaniy- ma’rifiy kecha bo’lib o’tdi.
Buxoro Davlat tibbiyot instituti akademik litseyida faxriy ustozlarga ehtirom ko’rsatish munosabati bilan bir piyola choy ustida «Diydor shirin» madaniy-ma’rifiy kecha bo’lib o’tdi.Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabrь — O’qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini sochadigan, o’z o’quvchilariga hayot maktabini beradigan mo»tabar zot — o’qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo’lsin, deymiz!
Haqiqatan ham, ko’z nuri va qalb qo’rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag’ishlagan, bir so’z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag’rida kechgan beg’ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o’rgatgan mehribon o’qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked