BDTI akademik litseyida “Gazetxonlik-ma’naviyat belgisi” mavzusida “ Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Joriy yilning 13-sentabr kuni BDTI akademik litseyida “Gazetxonlik-ma’naviyat belgisi” mavzusida “ Ma’rifat soati” o‘tkazildi. “Ma’rifat soati” da Birinchi Prezidentimiz har doim “Ma’naviyat yo’q joyda, o’sish, rivojlanish bo’lmaydi”, degan gaplari haqiqat ekanligi aytildi. Chindan ham, har bir korxona, tashkilot, muassasa va davlat idorasida, avvalo, ma’naviy muhit barqaror bo’lgandagina, undan ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish natijalarini kutish mumkin.

Masalaning yana bir muhim jihati, qo’l ostida 5 yoki 500 nafar xodim mehnat qiladigan korxona rahbari va uning o’rinbosarlari davlatimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarning viloyatimizdagi natijalardan, muhim qaror va farmonlar mohiyatini o’zida aks ettirgan maqola va axborotlardan o’z vaqtida xabardor bo’lishi, hududda ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, adabiyot, qishloq xo’jaligi kabi muhim sohalarga oid jarayonlar bilan izchil tanishib borishi uchun ham doimiy gazeta mutolaasi kerakligi uqtirib o’tildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked