“Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” to’g’risida:
Davra suhbatini litsey yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari M. D. Kazakova kirish so’zi bilan boshlab, o’quvchilarga sog’lom hayot kelajak uchun poydevor ekanligini ta’kidlab o’tdilar. So’z navbati Buxoro viloyat aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori N.F. Xolova ga berildi. U kishi aholining reproduktiv salomatligini va reproduktiv salohiyatini aniqlovchi asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi dedilar chunki, reproduktiv salohiyat deganda sog’lom qiz bolaning nikohga kirish vaqtida uning sog’lom avlodini dunyoga keltirish imkoniyati tushuniladi.
Bugungi kunda qizlar o’rtasida 50– 60 % da turli kasalliklar aniqlandi. Ularning 70,0 % ichki kasalliklar va 30,0% ni ginekologik kasalliklar tashkil etadi. Shuningdek, Respublikada tibbiy ko’rikdan o’tgan 16,5 % qizlarda jinsiy rivojlanishning orqada qolayotganligi aniqlanmoqda. Butun Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari ilmiy xulosalar shuni ko’rsatmoqdaki, yer yuzidagi mamlakatlarda 18 yoshgacha bo’lgan homiladorlik va tug’ruqlar oqibatida har yili millionlab go’daklar va onalar o’limi holatlari qayd qilinadi.
ВDTI akusherlik va ginokalogiya kafedrasi dotsenti M.T.Hotamova so’zga chiqib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalar tug’ish uchun muvofiq yosh 20 yoshdan keyingi davr hisoblanadi.
Mana shu yoshlarda homiladorlikni asoratsiz o’tishi va sog’lom farzandni dunyoga keltirish uchun qizlar organizmi tayyor bo’ladi.
20 yoshgacha bo’lgan davrdagi homladorlik va tug’ruq jarayonida ko’plab asoratlar kuzatilmoqda.
Statistik ma’lumotlar asosida 18 yoshgacha homiladorlik davridagi asoratlar 20-30 yosh oralig’iga nisbatan 2 baravar ko’proq uchraydi.
Chala tug’ilgan chaqaloqlarning 5 baravarga va go’daklar o’limi ko’rsatkichlarning 2 barobarga ko’payishi aniqlangan.
Nikoh yoshi –qonuniy nikohga kirish uchun va o’g’il bolalar uchun belgilangan yoshdir. O’zbekistonda bu yosh qizlar uchun 17 yoshni, o’g’il bolalar uchun 18 yoshni tashkil etadi.
Qizlarga reproduktiv salohiyatni baholash uchun quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi:
- Ichki kasalliklarning mavjudligi;
- Jismoniy va jinsiy rivojlanishni baholash;
- Ginekologik kasallliklar salmog’i;
- Qizlarning onalikka ruhiy tayyorgarligi.
O’zbekiston sharoitida 18 yoshgacha qizlarning jismoniy va jinsiy rivojlanishini yakunlagan deb bo’lmaydi va bu jarayonda asosiy e’tibor ushbu yoshlarda sodir bo’layotgan erta nikohlarni va tug’ruqlarni oldini olishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Erta homladorlik va erta tug’ruq davridagi asoratlari:
- Sog’ligining to’satdan yomonlashishi;
- Organizmning tayyor emasligi;
- Homiladorlik davridagi asoratlar;
- Tug’ruq jarayondagi ona va bolaning o’limi;
- Muddatidan oldingi tug’ruq;
- Anemiya;
- Gipertenziv sindrom ( shish, qon bosimning ko’tarilishi );
Tibbiy ijtimoiy xulosalar nikohga kirish yoshini qizlar uchun 20 -22 yosh deb belgilanishi va erkaklar uchun esa nikohga kirish uchun ma’qul yosh 24-26 yosh bo’lasa maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’smirlik davri – bu bolalik davrining tugashi va kattalar olamiga o’tishidir. Yoshlar 10- 25 yoshgacha o’smirlar 10- 19 yoshgacha bo’lgan aholi guruhidir.
“ Otalik va onalik o’zi bilan birgalikda farzandlarning baxti va sog’lom ko’rish hissiyotini uyg’otadi. Bu dunyoning turli — xil burchaklaridagi barcha insonlarga xos istakdir.”
Ota – onalarga tavsiyalar :
Nikohning o’z mas’uliyati va majburiyati bor. Bu masalada har birimiz yoshlarga ko’makchi bo’lishimiz shart.
Qizlarni erta nikohga berishdan avval nafaqat bugungi kunni afzalliklarini, balki ertaga paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni esda tutgan holda ish yuritish lozim!