“O’quvchilar o’rtasida “Yo’l harakati qoidalari bilimdoni” viktorina musoboqalari

0
14

Tadbirni litsey direktori R.A.Ismatova kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan yurishlari kerakligi, qo‘pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo‘l yoqasidan yurishlari, boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan bo‘lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerakligi haqida ma’lumotlar berildi.

Trotuarlar, piyodalar yo‘lkasi, yo‘l yoqasi bo‘lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda piyodalar velosiped yo’lkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo‘lagi bor yo‘llarda qatnov qismining o‘ng chetidan) bir qator bo‘lib  yurishlari mumkin.
              Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Kazakova so‘zga chiqdi. Tanlov uch bosqichda o’tkazilishini aytib o’tdi:

Birinchi bosqich: ta’lim muassasalarida tashkil etiladi;

Ikkinchi bosqich: shahar — hududidagi barcha tuman (shahar) bosqichi g’olib jamoalari o’rtasida o’tkaziladi;

Uchinchi bosqich: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida tuman (shahar) bosqichlar g’olib jamoala ri o’rtasida bo’lib o’tadi.

Tanlovda ishtirok etadigan jamoalar quyidagi tartibda shakllantiriladi:

  • jamoalar o’quvchilar  o’rasida saralab olinadi  hamda bitta jamoada jami 10 nafar ishtirokchi ishtirok etishi mumkin;
  • umumiy o’rta ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktabi va litseylari direktorlari tomonidan mas’ullar biriktirildi va jamoa tanlovlarida mazkurmas’ul kuzatuvida ishtirok etdi;

Ta’lim muassasalarida 1- 2-3-o’rinlarni egallagan maktab, kasb-hunar maktabi va litsey jamoalari tarkibidan tanlovning tuman (shahar) bosqichi hakamlar hay’atining tavsiyalari asosida tuziladi.

       Keyingi so‘z litseyning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari H.Axmatovga berildi.

         Litsey tanlovi  ishtirokchilari 100 ballik tizimda hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

 Tanlov shartlari va baholash mezonlari:

  1. test sinovlari;

        Bu shartda mutaxassislar tomonidan tuzilgan, maxfiyligi ta’minlangan va konvertda muhrlangan 25 ta test savollariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda (25 daqiqa) jamoa a’zolari birgalikda javob berdi. Ushbu shart  jami  50  ballgacha (bitta to’g’ri javobga 2 ball)  baholanadi.

B) savol- javob sharti;

      Bu shartda jamoalar oldindan tuzilgan maxfiyligi ta’minlangan va konvertda muhrlangan 3 ta savoldan iborat biletga javob berdi. Biletga tayyorgarlik ko’rish uchun 2 daqiqagacha va javob berish uchun 5 daqiqagacha vaqt berildi. Ushbu shart jami 30 ballgacha ( bitta savolning to’g’ri  javobi 10 ballgacha) baholandi.

            D)sahna kurinishi;

Bu shartda jamoalar o’quvchilarning harakatlanish madaniyati va savodxonligining ahamiyati, voyaga yetmaganlar o’rtasidagi huquqbuzarliklar, “ommaviy madaniyat” ko’rinishlari , ularning yoshlar hayoti va kelajagiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, oqibatlari va oldini olish choralari bo’yicha erkin sahna ko’rinishini namoyish qildi.

Ushbu shartga jamoalar oldindan tayyorgarlik ko’rib kelishdi va ularga ushbu shartni bajarish uchun 7-10 daqiqa vaqt berildi. Ushbu shartga mavzuning yoritib berilganligi o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari va ijro mahoratlari inobatga olingan holda jami 20 ballgacha baholandi.

Ushbu shartlar bo’yicha litseyning 1-bosqich guruhlari o’zaro bellashib 103- guruh o’quvchilari g’olib deb topildi.