Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Sen bahorni sog’inmadingmi?” tadbiri

0
19

2021 yilning  25-mart kuni litsey faollar zalida o’zbek shoiri  Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Sen bahorni sog’inmadingmi?” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda litseyning 1-2-bosqich talabalari ishtirok etdi. Litsey direktori  R.A.Ismatova so’zga chiqib,o’zbek she’riyatining yorqin yulduzi A.Oripov ijodi haqida o’z fikrlarini bayon etdilar.

Shundan so’ng sahnada A.Oripov surati va sham yoqilgan holda  mumtoz kuy bilan tadbir boshlandi. Boshlovchilar davradagilarga salom berib, o’zbek  shoiri Abdulla Oripovni madh etgan holda davrani ochib berdilar.  Abdulla Oripov hayotidagi muhim sanalar  berildi. Bunda 204-guruh talabalari  sahnada chiqib, tarixiy ma’lumotlarni aytdilar.

    Mushoiraxonlikda talabalar tomonidan  Abdulla Oripov she’rlari yod aytildi. Abdulla Oripov she’rlariga bastalangan qo’shiqlar va 201-guruh talabasi tomonidan raqs ijro etildi. Yana  qizlar tomonidan raqs taqdim etildi.

     Boshlovchilar Abdulla Oripov asarlari to’g’risida ma’lumotlar aytdilar. Sahnada “Sohibqiron” dramasidan parcha ko’rsatildi.

Tadbirda  Abdulla Oripov  hayoti va ijodiga bag’ishlangan slayd taqdim etildi. Talabalar tomonidan Abdulla Oripovni madh etuvchi she’rlar hamda  raqs sahnada ijro etildi.

 Badiiy kecha so’ngida ona tili va adabiyot fani  o’qituvchisi M.Azimova so’zga chiqib, shoir hayoti va ijodidan to’liq ma’lumot keltirdilar, faol ishtirok etgan talabalarga hamda tadbirni tashkillashtiruvchi o’qituvchi M.S.Olimovaga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.