Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyida “Karona virus kasalligining asoratlari” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati

0
17

Davra  suhbatini  litsey  yoshlar  bilan  ishlash  bo’yicha  direktor  o’rinbosari        M. D. Kazakova  kirish  so’zi   bilan  boshlab,  o’quvchilarga  sog’lom  hayot  kelajak  uchun poydevor  ekanligini  ta’kidlab  o’tdilar. So’z  navbati Buxoro shahar 2- sonli poliklinika hamshirasi Karona virus kasalligining asoratlari haqida  va  uning asosiy kilinik alomatlari   haqidagi Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti hamda O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib,  bu  kasallikning asosiy belgilari  sifatida quydagilarni aytib  o’tdi:

  •  Isitma – tana haroratining  37,8 darajada baland bo’lishi. Sovuq  qotish, qaltirash;
  • Umumiy holsizlik  — tanada charchoq  sezilishi, bosh, oyoq va qo’llar zirqirab og’rishi;
  •  Quruq yutal  —  odatiy yutaldan davomiyligi bilan farqlanadi, bunda tinimsiz yo’talish bir soatdan ko’p davom etishi mumkin. Yoki sutkada  4-5 marta kuzatilib,  tomoq  qizaradi;
  •  Nafas qisishi  —  ko’krak qafasida og’riq,  nafas olish qiyinlashishi  kuzatiladi;
  •  Ishtaha yo’qolishi   — taomlar iste’molida;

    Qo’shimcha alomatlar sifatida burun bitishi,  diareya, ich ketish, ko’ngil aynishi  va tam bilish sezgisining yo’qolishi, tomoq og’rig’, qo’l va barmoqlar  rangining o’zgarishi bayon qilingan.       Karona virus infeksiyasining yengil kechishining belgilari sifatida isitmalash ( tana harorati 38 darajagacha ko’tariladi yoki isitma chiqmasligi ham mumkin ), ko’p terlash, lohaslik, yo’tal, tomoq og’rig’i, behuzurlik,  bosh og’rig’i  va  ta’m bilish  sezgisining  kuchsizlanishi.  Karona  virus  simptomlari virus odam  organizmiga tushgandan so’ng  ma’lum  bo’lishi,  infeksiyaning inkubatsion davri  14  —  kun  davom etishi ta’kidlangan.

2019 — yil  koronavirus  infeksiyasi ( COVID – 19 ) — yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik.  Kasallik ilk marotaba    2019 —  yilda   Xitoyning,  Uxan  shahrida  aniqlandi  va global  miqyosda  tarqalib        2019 – 2020 yillardagi  koronavirus  pandemiyasini  keltirib chiqardi. Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi. Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kel sada, ayrim bemorlarda kasallik ogʻir  pnevmoniya  hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi. Diagnoz qoʻyilgan holatlar orasida oʻlimlar koʻrsatkichi oʻrtacha  3,4  % tashkil qiladi. 20 yoshga toʻlmaganlar orasida bu koʻrsatkich 0,2% ,  80 yoshdan oʻtganlar orasida 15 % tashkil qiladi.