8-9-sinf o`quvchilari o`rtasida “Ibn Sino vorislari” nomli kimyo va biologiya fan olimpiadasining viloyat bosqichini o`tkazish tartibi:
1.Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyga qo`yiladigan talablar:
— Olimpiada o`tkaziladigan sanadan kamida 10 kun oldin viloyat bo`yicha barcha maktablarga qatnashish taklifnomasi va olimpiadaning o`tkazish dasturini yuborish;
— Olimpiada ishtirokchilarini ro`yxatdan o`tkazish va munosib kutib olish;
— Ommaviy axborot vositalari, bloger, jurnalistlarni olimpidaga taklif etib, ularni olimpiadani keng yoritishiga sharoit yaratib berish;
— Olimpiadani yuqori saviyada, oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda shaffoflik bilan o`tkazishni ta`minlash;
— Olimpiada natijalarini e`lon qilish va g`oliblarni taqdirlash;
2. Olimpiada ishtirokchilariga qo`yiladigan talablar:
— Olimpiadada ishtirok etish istagi borligini olimpiada o`tkaziladigan sanadan kamida 3 kun oldin tashkilotchi o`quv muassasasiga bildirish (faks, telefon va hokazo orqali necha nafar ishtirokchi qatnashishini aniq bildirish);
— Olimpiada o`tkaziladigan sanada kunduzgi (ertalab) soat 8,30 dan kech qolmasdan barcha ishtirokchilarning (rahbari bilan birga) tashkilotchi o`quv muassasasiga yetib kelishini ta`minlash;
— Ishtirokchilar xavfsizligini ta`minlash;
Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar.
Bir-biringizdan ilm o‘rganib,
Kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib
tashlanglar»…
Olimpiada sovrinlari:
1-o’rin Noutbuk
2-o’rin Planshet
3-o’rin Telefon
4-o’rin Booknomy audio kitoblari
5-o’rin Ibn Sinoning “Tibb qonunlari” kitoblar to’plami
OLIMPIADA DASTURI
Tadbirning ochilishi:
1.8:00-9:00 gacha ro’yxatdan o’tish
2.8:30-9:30 gacha olimpiadaning ochilish marosimi
— Buxoro viloyat hokimi B.K.Zaripov
— Buxoro viloyat XTB boshlig’i D.N.Mustafoyeva
— Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.J.Teshayev
— BDTI oquv ishlari bo’yicha prorektori G.J.Jarilkasimova
— BDTI akademik litsey direktori R.A.Ismatova
— Davlat madhiyasi asosida O`zbekiston bayrog’i Olimpiada ramzi sifatida ko’tariladi.
Asosiy qism:
3. 9:30-10:00 gacha o’quvchilarni auditoriyaga joylashtirish
4.10:00-12:30 gacha olimpiada jarayoni
5. 12:30-13:30 gacha tushlik
6. 13:30-16:30 gacha shahar bo’ylab sayohat
Yakuniy qism:
7. 16:30-18:00 gacha natijalarni e’lon qilish va appelatsiya jarayoni
8. 18:00-19:00 gacha taqdirlash
9. 19:00 da Olimpiadaning yopilishi
Olimpiadaning o’tkazilish joyi Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi
Manzil: Buxoro shahar B.Naqshband ko’chasi 2-A uy (mo’ljal: 42-maktab qarshisida)
Telefon (65) 223-56-93
(65) 223-21-97
(93) 083-29-92
@BDTIOLIMPIADA_bot