Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyida o’quvchi-qizlar orasida “Zukko qizlar” ko`rik-tanlovi

0
71

                Litsey faollar zalida 8-mart xalqaro xotin –qizlar kuniga  bag’ishlangan “Zukko qizlar ” nomli ko`rik-tanlov  o’tkazildi. Ushbu tadbirda litseyning 1-bosqich talaba qizlari ishtirok etdi. Sahnada Shohjahon Jo`rayevning “Muqaddas ayol” kuyi bilan tadbir boshlandi.

          Boshlovchi davradagilarga salom berib, barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab davrani ochib berdi va tabriklash uchun so`z navbatini litsey direktori- R.A.Ismatovaga berdi.

Notiq davradagilarni bayram bilan chin dildan tabriklab, bellashuv ishtirokchilariga omad tiladilar. Boshlovchilar davraga “Sanamlar sarvari” va ”Zulfiyaxonim qizlari”  ishtirokchilarini taklif qildi  va hakamlar hay’ati raislari e`lon qilindi. 1-shart bo`yicha ishtirokchilar sheriy misralar bilan o`zlarini tanishtirdi va qo`shiq sadolari ostida davrani tark etishdi. Hakamlar hayati ballarni e`lon qilgunga qadar sahnada  102-guruh o`quvchisi Begmurodova Oygul tomonidan raqs ijro etildi. 2-shart bo`yicha qizlarimiz salat tayyorlab  o`z mahoratlarini namoyon qilishdi.

       So`z navbati hakamlar hay’atiga berildi .Ishtirokchilarni odilona baholab ,ballar e`lon qilindi. 3-shart bo`yicha  ishtirokchilarimiz o`z san`atlarini namoyish qilishdi. Zukko qizlarimiz tomonidan sahnada qo`shiq kuy va raqslar ijro qilindi.Tadbir davomida         

     O`qituvchilar va o`quvchi qizlarimiz tomonidan iliq tabrik so`zlari aytib o`tildi. Bellashuv so`ngida hakamlar tomonidan  g`olib guruh e`lon qilindi va sovg`alar bilan taqdirlandi. Tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarimizga, ”Eng chaqqon qiz”, “Mohir pazanda qiz”, ”Eng notiq qiz”, “Zo`r ijodkor qiz” nominatsiyasi berildi. Bellashuv barcha xotin-qizlarimizga bayromona kayfiyat ulashdi.