Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi iqtidorli 9-sinf bitiruvchilarni o’qishga taklif qilmoqda…

0
106

O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yilning 3-dekabrdagi 4910 –son qaroriijrosi yuzasidan BDTI akademik litseyida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda .

Jumladan Buxoro viloyatida joylashgan 538 ta umumta’lim maktablarining iqtidorli o’quvchilarini jalb qilish maqsadida litsey o’qituvchilari guruhlarga bo’linib targ’ibot tashviqot ishlarini olib bordilar .

Masalan Aniq fanlar kafedrasi o’qituvchilari Kogon shahar va Kogon tumanidagi barcha maktablarga kirib, kimyo, biologiya va mantiqiy masalalardan iborat 15 talik test oldilar . Test natijalari orqali 9-sinf bitiruvchilari orasidan iqtidorli o’quvchilarni aniqlab litseyda o’qishga taklif qilib keldilar.

Shuningdek Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari esa G’ijduvon tuman va Buxoro shahridagi barcha maktablarga kirib litsey haqida, bugungi kundagi o’qish jarayoni haqida tanishtirib chiqdilar .

Tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchilari Jondor , Peshko’, Rometan tumani maktablariga targ’ibot qildilar .

Ijtimoiy fanlar va ona tili va adabiyot kafedrasi pedagogari  esa Shofirkon , Vobkent , Buxoro tuman maktablarini qamrab oldilar. Bu targ’ibot ishlari hali ham davom etmoqda …