Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyida “Yangi yilda yangi orzular”

0
22

Litseyning faollar zalida o’tkazilgan tadbir chiroyli musiqa sadolari ostida boshlovchilarning salomlashishi  va ularning tabrik so’zlari bilan boshlandi. Shundan so’ng ular navbatni YBIBDO’ M.D.Kazakova berishdi. O’quvchilarni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab ularga sog’lig’- salomatlik o’qishlarida yuksak natijalar tiladilar.

Tadbir davomida yangi yilga atalgan she’r, musiqa va raqslar ijro etildi. Yangi yil qaxramonlari  bo’lgan qorbobo va qorqiz  sahnaga taklif etildi. Qorbobo va qorqizning yangi yil tabrigi barchani quvontirdi .  Tadbir yanada qiziqarli bo’lishi va yuqori kayfiyatda o’tishi  uchun litseyimizda tahsil olayotgan o’quvchilardan saralab olingan “Rekord” QVZ jamoasi o’zining quvnoq xazillari bilan chiqish qilishdi. 

           Tadbir so’ngida boshlovchilar ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.D.Kazakovaga so’z berishdi. M.D.Kazakova tadbir chiroyli ruhda o’tkazilganligini aytib o’tib, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar va xammani bayram bilan tabrikladilar. Shundang so’ng M.D. Kazakova yangi yil tadbiri uchun e’lon qilingan rasm chizish tanlovida g’olib bo’lgan o’quvchilarni faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirladilar.