“O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab o’tkazilgan “Ustozlar, sizga ta’zim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir

0
30

 Tadbirni o’tkazish uchun litsey foyesi tanlandi. Litsey foyesi bayramona tarzda bezatilgan. Musiqa sadolari yangrab turibdi.Tadbir karantin qoidalariga qat’iy  rioya etilgan holda tashkillashtirildi. Tadbirni litsey direktori R.A.Ismatova kirish so’zi bilan ochib berdilar, barcha o’qituvchilarni “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabrikladilar. 2019-2020 o’quv yilida erishgan yutuqlari hamda o’quvchilarining OTMga kirish ko’rsatkichi yuqori bo’lgan barcha fan o’qituvchilari va guruh rahbarlari: A.Gadoyeva, G.Nuriddinova, A.Hafizov, Sh.Usmonova, Sh.Usmonova, A.Kazakov,  V.Sharipova, A.Mansurova,  H.Yusupova, I.Kamolov, M.Azimova, D.Zaripova,  N.Radjabova, Sh.Farmonova, N.Nazarova, F.Narzullayeva, N.Narzullayev, A.Quliyevalar qimmatbaho sovg’alar va gullar  bilan  taqdirlandilar. Tadbir davomida ustozlarga atab yosh o’qituvchilar tomonidan she’r  va qo’shiqlar ijro etildi. O’qituvchilarga atalgan Ustozlar,sizga ta’zim!” nomlibadiiy kompazitsion video va slaydlar namoyish  etildi.    

Tadbir  yakunlangandan keyin litsey rahbari R.A.Ismatova boshchiligida   O’IBDO’ A.Xodjiyev,  MMIBDO’  M.Kazakova hamda kafedra mudirlari litseyda bir necha yil mehnat qilib yosh avlodni tarbiyalashda va ularga ta’lim berishda o’z hissasini qo’shgan 40 nafar  ustoz  faxriylarni bayram bilan tabriklash uchun karantin qoidalariga qat’iy  rioya  qilgan holda ularning uylariga borib, ustoz –murabbiylarni qimmatbaho sovg’a va gullar bilan tabrikladilar.