“XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida “Ayol ilmli bo’lsa, kelajak avlod bilimli bo’ladi” mavzusida o’quvchi qizlar bilan davra suhbati o’tkazildi.

      BDTI akademik litseyida “Ilmli ayol –jamiyat ko’zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida “Ayol ilmli     bo’lsa, kelajak avlod bilimli bo’ladi” mavzusida o’quvchi qizlar bilan davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatini litseyning Xotin-qizlar kengashi raisi M.Olimova, viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zosi R.Ismatova hamda     shahar “Oqila ayollar” harakati a’zosi M.Kazakovalar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida bolalarni tarbiyalash va kamol  toptirish majburiyati oila kodeksiga muvofiq ularning ota-onalari zimmasiga yuklanganligi, ota-onalar o‘z farzandlarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti to‘g‘risida, shuningdek ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya etilishi haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart ekanligi hamda kelajakda yetuk avlod yetishtirish uchun, avvalo, onalar ilmli bo’lishi kerakligi ta’kidlab o’tildi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked