Ekologik madaniyat shakllanishi — kelajak avlodlar salomatligini asrash garovidir!

🕊15-APREL — Xalqaro ekologik bilimlar kuni munosabati bilan O’zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat hamda shahar Kengashlari tomonidan Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyda pedagoglar va talabalar ishtirokida «Tabiatni asrab-avaylaylik!» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

🍃Sayyoramizning kelajagi yosh avlodning ekologik madaniyatiga bog’liq ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.Qolaversa, har bir shaxs yashash joyining ekologiyasi uchun mas’ul bo’lishi kerak.Bu borada ekopartiya vakillari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar tog’risida ham Kengash raislari ma’lumot berib o’tdi.

🔰Tadbirda so’z olgan partiya faoli, falsafa fanlari doktori, dotsent Raʼno Ismatova bugungi kunda ekologik bilimni oshirish ahamiyati haqida to’xtalar ekan,aholi, xususan, yoshlarda ekologik madaniyat shakllanishi kelajak avlodlar salomatligini asrash garovi ekanligini ta’kidlab o’tdi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked