“Xotin — qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

       O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yig’ilishining 109- sonli bayoni (2023-yil 9-oktabr) 15-bandida oliy va professional ta’lim tashkilotlari hamda akademik litseylarda ayollar jinoyatchiligi bo’yicha taqdimotlar o’tkazish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-noyabr kuni BDTI akademik litseyida Buxoro shahar IIO FMB JXX HPB VYMB katta inspektor – psixologi podpolkovnik N.S.Abzalova bilan hamkorlikda ayollar jinoyatchiligi bo’yicha 9 oylik tahlilni hamda jinoyatchilik profilaktikasi bo’yicha “Xotin — qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish” mavzusida litseyning o’quvchi qizlari bilan davra suhbati o’tkazildi.

        

Davra suhbati davomida xotin- qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari hamda asosiy tushunchalar haqida gapirib o’tildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked