“Milliy qadriyatlar kuni”

       O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to’g’risidagi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat Dasturining 221-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-oktabr 466-sonli buyrug’i hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023-yil 23-oktabr 1-A/480-sonli buyrug’iga binoan 31-oktabr kuni “Milliy qadriyatlar kuni”ni “tashkil etish yuzasidan BDTI akademik litseyida chora- tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

 

Unga binoan joriy yining 30-oktabr kuni litsey o’quvchilari uchun Buxoro shahridagi tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirildi hamda litseyda o’g’il bolalar o’rtasida milliy sport o’yinlaridan arqon tortish, tosh ko’tarish sport o’yinlari tashkillashtirildi. Ham milliy qadriyatlar, ham sog’lom turmush tarzi targ’iboti sifatida o’tkazilgan ushbu tadbirlar o’quvchilarda o’zgacha taassurot qoldirdi.

   

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked