1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan «Diydor shirin» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mana bir necha yildirki, yurtimizda 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Dunyoda minglab kasblar orasida eng buyuk kasblardan biri bu – o’qituvchilikdir. Toki hayot bor ekan, o’zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi. Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati esa ko’p jihatdan ustoz va murabbiylarga bog’liqdir. Ustoz deganda, har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ulari paydo bo’ladi.
Joriy yilning 29- sentyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat Buxoro shahar bo‘linmasi hamda Buxoro Davlat tibbiyot instituti akademik liseyi bilan hamkorlikda 1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan «Diydor shirin» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor davlat miqyosidagi ustuvor masala darajasiga chiqdi. Pedagog avvalo tarbiyachi. U yurish-turishida, xatti-harakatida, barcha jihatlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim. Mavlono Jaloliddin Rumiyning bir gapi bor: «Nasihat qiladigan inson emas, o‘rnak bo‘ladigan inson bo‘l!» Haqiqiy ustoz xulqi eng yomon bolani ham to‘g‘ri yo‘lga solib, uning hech kim payqamagan iqtidorini ko‘ra oladi.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked