BDTI akademik litseyida “ Yoshlarni g’oyaviy tahdidlardan asrasshda keksa avlod o’giti va ibrati” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi
Joriy yilning 23-may kuni BDTI akademik litseyida “ Yoshlarni g’oyaviy tahdidlardan asrasshda keksa avlod o’giti va ibrati” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi. “Ma’rifat soati”da litseyning o’quv bo’limi boshlig’i, 3 nafar qizning onasi, 7 nafar nevaraning sevimli buvijonisi, mehnat faxriysi Ibragimova Manzura Tursunovna so’zga chiqdilar.
kishi o’z nutqida “Oila–Vatan ichra bir mo‘jaz Vatan. Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir”. Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar, avvalo, oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir”, deya o’z fikrlarini bayon etdilar .
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked