BDTI akademik litseyda 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi g’olibini kutib olish marosimi

Shu yilning 1-6 may kunlari Qozog’istonning Ostona shahrida kimyo bo’yicha 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bo’lib o’tdi.
Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o’quvchilar o’zaro kuch sinashishdi. Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko’ra yurtimizning 7 nafar o’quvchisi g’oliblikni qo’lga kiritishdi:

Shundan 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallaridir.
Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi reytingi bo’yicha O’zbekiston 21 ta davlat ichida 2- o’rinni egalladi. O’zbekistonlik o’quvchilarimiz shu yilgacha 85 ta medalni qo’lga kiritgan bo’lsalar, endilikda ularning soni 92 taga yetdi. Ularning 10 tasi oltin, 27 tasi kumush va 55 tasi bronza medallaridir.
Joriy yilning 11-may kuni BDTI akademik litseyda 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi g’olibi bronza medali sohibi, Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyining 202-guruh o’quvchisi, litseyimiz faxri Hafizov Azizbekni kutib olish va taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda litsey rahbariyati hamda barcha o’quvchilar o’z tengdoshlari bo’lmish Azizbekni faxr va iftixor bilan karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi.

Tadbir davomida Azizbek o’z taassurotlarini tengdoshlariga va ustozlariga ta’sirlanib hayajon bilan so’zlab berdi. Litsey rahbariyati tomonidan Hafizov Azizbek noutbuk bilan taqdirlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked