“O’quvchi yoshlarning huquqiy bilimi va iste’mol savodxonligini oshirish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan 2023-yil 25-aprel kuni BDTI akademik litseyining o’quvchi yoshlar o’rtasida “O’quvchi yoshlarning huquqiy bilimi va iste’mol savodxonligini oshirish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatini O’zbekiston Respublika Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi bo’lim boshliqlari: M.Umarov, A.Radjabov, D.Davronov, M.Qobilovlar olib bordilar. Suhbat davomida “Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun normalari bo’yicha va yangilanayotgan Konstitutsiyamizda har sohada iste’molchilar huquqlari ustuvorligi Davlat tomonidan kafolatlanishi belgilanayotganligi hamda iste’molchilarning asosiy huquqlari bo’yicha ma’lumotlar berildi va slaydlar namoyish etildi.

Tadbir davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxasislarga murojaat qilishdi va bergan savollariga to’liq javob olishdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked