Xalqaro fan olimpiadalariga saralash bosqichi davom etmoqda.

Xalqaro fan olimpiadalariga saralash bosqichi davom etmoqda.

Ertaga, 15-aprel kuni 📕 kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi boshlanadi. Saralash olimpiadasi D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tadi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti o’quvchilari bu olimpiadaga qatnoshmoqdalar ularga omad tilaymiz !

Saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish topshirig‘i berilib, barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi joriy yilning 16-25-iyul kunlari 🇨🇭Shvetsariya davlatida tashkil etiladigan Xalqaro kimyo olimpiasi (IChO-2023)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked