“Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 7-aprel kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyining “O’quvchilar turar joyi”da o’quvchilar o’rtasida “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz ” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda 50 nafar o’quvchi, 6 nafar o’qituvchi hamda 1 nafar mas’ul etib tayinlangan mehmon qatnashdi.
Davra suhbati davomida o’quvchilarga “Ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari” nomli slaydlar to’plami ko’rsatildi.
Ushbu tadbirda so’zga chiqqanlar talaba yoshlarga ommaviy madaniyatning kelib chiqishi, tub ildizlari, uning salbiy oqibatlari hamda hozirgi kunda yoshlarning ommaviy madaniyat ta’siriga tushib qolayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Davra suhbati bahs-munozara shaklda bo‘lib o‘tdi hamda o’quvchilarning qiziqishlari va ommaviy madaniyat haqidagi fikrlari tinglandi.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked