Huquq- targ’ibot organlari xodimlari hamkorligida “Ogohlikni men qanday his etaman” mavzusida o’quvchilar bilan davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 5- aprel kuni Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyida Huquq- targ’ibot organlari xodimlari hamkorligida “Ogohlikni men qanday his etaman” mavzusida o’quvchilar bilan davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirni Buxoro Davlat tibbiyot instituti akademik liseyi direktori Ra’no Ismatova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda 92 nafar o’quvchi, 10 nafar o’qituvchi hamda 3 nafar mehmonlar qatnashdilar.

Tadbirda so’zga chiqganlar bugungi kunda jahonning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan terrorchilik hatti-harakatlari, qonli mojarolar, mutaassiblik, o‘zaro nizolarning mudhish oqibatlari haqida, avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodda tasavvur hosil qilish, inson ongini zaharlashga urinayotgan yovuz niyatli kimsalar aldovidan ehtiyot bo‘lishga undash, joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hozirgi kunda eng muhim vazifalaridan biriga aylanganini ta’kidladilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked