Litsey o‘quvchilari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.
2022-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-96-son qarori imzolandi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 31-mart kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat Buxoro shahar bo‘linmasi, Buxoro Davlat tibbiyot instituti akademik liseyi hamda Viloyat oliy ta’lim, fan va innovasiyalar boshqarmasi bilan hamkorlikda «Zakovat» intelektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirni Buxoro Davlat tibbiyot instituti akademik liseyi direktori Ra’no Ismatova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Zakovat intellektual o‘yini boshqa intellektual o‘yinlaridan farqli ravishda innovasion tarzda tashkil qilindi. Ushbu o‘yinida qatnashuvchi o‘quvchilar ro‘yhatdan o‘tish davomida ID kodlarga ega bo‘ldilar va tashkilotchilar tomonidan guruhlarga ajratildilar.
O‘yinda jami 16 ta jamoa ishtirok etishdi. O‘yin juda qizg‘in baxs va munozaralarga boy bo‘ldi.
I-II-III- o‘rinni egallagan g‘oliblar va ishtirokchilar Buxoro Davlat tibbiyot instituti akademik liseyi tomonidan tashkil etilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked