“Bobur – dilbar shaxs” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
BDTI akademik litseyida joriy yilning 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Bobur – dilbar shaxs” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo’lim rahbari Aziz Hakimov ishtirok etdi.
Tadbirda o’quvchilar tomonidan buyuk siymolar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari hamda ularning g’azal va ruboiylaridan yod aytildi.
Tadbir so’ngida Aziz Hakimov Bobur ijodidagi har bir misrada Vatan ishqi, mehr-muhabbat va vatanparlik xislatlari mujassam etadi. Uning har bir ijodini sevib mutolaa qilish biz yoshlarga ibrat namunasi sifatida namoyon bo’lishini ta’kidlab o’tdi.
Ma’rifat Kazakova
BDTI akademik litseyi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked