“Dunyo bo’ylab jarangla, mening Madhiyam”
1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun. Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. O‘zbek xalqi uchun qadrli bo‘lgan madhiya millatning asl qadriyatlarini aks ettiradi va eng asosiysi – Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini himoya qilishga chorlaydi.
Shu munosabat bilan BDTI akademik litseyida “Dunyo bo’ylab jarangla, mening Madhiyam” nomli badiiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda Konstitutsiya tarixi to’g’risida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida o’quvchilar Vatanni madh etuvchi she’r va qo’shiqlar ijro etdilar. Litseydagi “Mohir merganlar” to’garak a’zolari tomonidan harbiy sport mashg’ulotlaridan lavhalar ko’rsatildi.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked