«Jaholatga qarshi ma’rifat»
Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyida «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasi asosida o’quvchi talabalar o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Unda Diniy ishlar bo’yicha qo’mitaning Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxasislar Yusuf Salomov, Jahongir Sharipov, Husniddin Norboev va boshqarmaning eksperti Erkin Qudratov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo’linmasi rahbari, «Ma’rifat» targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Aziz Hakimov hamda letsey rahbariyati o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda jaholatni nima vositada bartaraf etish, Islom dinida jaholatga qarshi nima deyilgan, unda ma’naviyat va ma’rifatni o’rni qayday bo’lishi kerakli kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchi yoshlarga kitoblar sovg’a qilindi.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked