“Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat”
Hozirgi kunda mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalardagi tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko’p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirishga e’tibor qaratib kelinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g’oyasi asosida joriy yilning 2-noyabrь kuni BDTI akademik litseyiga Buxoro shahar “Shayx ul-Olam”MFY raisi M.Toshova bilan shu mahallada yashovchi 20 nafar faxriylar litseyga tashrif buyurishdi.Ular litseyda bilim va tarbiya olib kelayotgan yosh avlodga yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishib, litsey rahbariyatiga kelgusidagi ishlariga omadlar tilab qoldilar.
Leave a Reply
Your email address will not be published. Required fields are marked