«Til millat ruhi» mavzusida adabiy-badiiy kecha o’tkazildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat Tibbiyot instituti akademik litseyida «21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi» berilganligining 33 yilligi munosabati bilan «Til millat ruhi» mavzusida adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo’linmasi rahbari, «Ma’rifat» targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Aziz Hakimov hamda litsey rahbariyati va o’quvchi va ustozlar ishtirok etdilar.

   

Dastlab tadbir Davlat madhiyasi sadosi ostida boshlandi. So’ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo’linmasi rahbari Aziz Hakimov kirish so’zi bilan ochib berib, barcha tadbir qatnashuvchilarini bugungi bayram bilan barchani tabrikladi.

Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi.

Adabiy kechada litsey o’quvchilari tomonidan o’zbek tilini madh etuvchi she’r va qo’shiqlar ijro etildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked